
Avtomobillarni O'zbekistondagi Yagona Rasmiy Dilerdan Sotib Oling
Avtomobil sotib olmoqchi bo'lgan har bir kishi avtosalon tanlashga jiddiy yondashadi. Ammo arzon narxga intilish xaridor uchun kutilmagan noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Gap shundaki, norasmiy avtosalonning ishlab chiqaruvchi bilan hech qanday aloqasi bo’lmaydi va dunyo bo'ylab turli vositachilardan arzonroq avtomobil sotib olish uchun turli qing’ir yo’llardan foydalanadi.
"Kulrang" diler hech kimga hisob bermaydi va shuning uchun bunday avtosalonda o’g’irlangan yoki minilgan mashina sotib olish xavfi katta.
Bundan tashqari, norasmiy dilerdan sotib olingan avtomobil, hatto tegishli ro'yxatlardan o’tgan bo'lsa ham, sifatsiz chiqsa, uni almashtirib bo’lmaydi. Bunday mashinaning egasiga rasmiy salonda rad javobi beriladi.
Mijoz faqat rasmiy diler kafolat taqdim etgandagina ishlab chiqaruvchi standartlariga javob beradigan xizmat ko'rsatish sifatini talab qilishga haqli.
HONGQI avtosalonlari avtomobil sotib olishning eng qulay va ishonchli usullaridan biri.
Bizning avtosalon 4 yildan buyon Xitoyning 7 ta mashhur avtomobil zavodlari bilan hamkorlik qiladi.
Toshkent shahrining Sergeli, Yunusobod va Shayxontour tumanlarida maxsus shourumlarimiz mavjud.
Biz nafaqat 7 ta avtomobil zavodi mahsulotlari bilan savdo qilish huquqiga egamiz, balki xaridor oldida kafolatgacha va kafolatdan keyingi xizmat ko'rsatish uchun ham javobgarmiz.
Salonimizdan siz ishlab chiqaruvchi tomonidan mavsumimiz uchun maxsus moslangan avtomobillarni xarid qilishingiz mumkin.
Biz yiliga 5000 dan ortiq avtomashina sotamiz!
Shu kungacha 10 000 dan ortiq JETOUR avtomobillari biz orqali o’z egasini topgan.
Avtomobil bozoridagi salonimiz obro’si
Mashinalarimizning "toza" va tegishli huquqiy hujjatlarga egaligi
Hamyonbop narxi
Qulay to'lov tizimi (foizsiz muddatli to’lov va avtokredit mavjud)
Chegirma va maxsus aksiyalarning moslashuvchan tizimi
24 ta modeldagi 1200 ta avtomobilimiz mavjudligi
Tez yetkazib berish va dastlabki to'lov miqdori
Avtokreditning qulay foizlari
Avtomobil sifati va afzalliklariga ishonch
Kafolat xizmati
Xizmat ko’rsatish talabiga tezkor javob
Xaridor uchun qulay vaqtda Test-drayv

Men HONGQI avtosalonlari haqida o’rtoqlarimdan ko'p eshitganman. Yaqinda mashinamni yangilashga qaror qildim. Oilam uchun keng JETOUR olishni istadim. Salonga qo'ng'iroq qilib, ular bilan gaplashdim. Shartnomani o'rganib chiqdik, hech qanday muammo yo'q. Menejer barcha savollarimga javob berdi. Sharoitimni aytdim. Menga foizsiz bo'lib to'lash xizmati borligi, hujjatlarda hech qanday muammo paydo bo'lmagani yoqdi. Narxi ham ajoyib, proshivkasiyam tekin. Umuman olganda, mashinadan juda mamnunman, men istagan avtomobilimga ega bo’ldim!
HONGQI dileridan mashina sotib oldim. HONGQI HS5 ni. Salondagi xizmat va sotish shartlaridan juda mamnunman. Mashina ajoyib! Manevrli va itoatkor. Mening obro’yimga to’g’ri keladi, barcha xususiyatlar men uchun ideal. Salonga kelganimda menga eng yoqqani - bu narxlar. Men o'ylaganimdan ham arzon bo'lib chiqdi. Agar kimnidir qiziqtirsa, foizsiz bo’lib to'lash xizmatiyam bor. Men o'zim naqd pulga oldim.
Men HONGQI avtosaloni haqida faqat yaxshi fikrdaman. Narxlar va hujjatlarni rasmiylashtirish qulayligidan mamnunman. Juda yaxshi va samimiy maslahatchilar borligi meni hayratda qoldirdi. Ular chin dildan yordam berish va tanlovimizni yengillashtirishni xohlashdi. Onamga haydash uchun qulay va eng muhimi, xavfsiz Bestune mashinasini tanladik. Tezda avtokredit rasmiylashtirib berishdi. Xariddan xursand bo'lgan onam endi zavq bilan minib yuribdi.

Savdo markazi yoki sabzavot bozorining yopiq to'xtash joyida joylashgan do'kondan xarid qilishga tayyor bo’lsangiz
Sizga sifat va xizmat kafolatlari kerak bo’lmasa
Narx arzon bo'lsa, norasmiy dilerdan mashina sotib olishga ham tayyor bo’lsangiz
7 ta avtomobil zavodining yagona rasmiy dileri sifatida biz sizga Chery va FAW xoldinglari tomonidan taqdim etilgan 3 avtomobil markasi haqida aytib bermoqchimiz.
«Hongqi» Xitoy tilidan "Qizil bayroq" deb tarjima qilinadi. Xitoyning premium brendi – Hongqi FAW xoldingining bir qismidir.
64 yillik tarixga ega mazkur brend dastlab XXR prezidenti va davlat yuqori lavozimdagi amaldorlari uchun avtomobillar ishlab chiqargan.
O'tgan asrning oxiri va 2000-yillarning boshlarida brend Audi 100 va Toyota Crown Majestaning biroz o'zgartirilgan versiyalarini ishlab chiqdi. Uning Ford bilan birga qo'shma loyihalari ham mavjud.
Partiya rahbarlari harbiy paradlarda maxsus Hongqi limuzinlarida chiqishgan. Si Tszinpin yaqinda Moskva ko’chalarida ham Hongqi top modelida aylangan edi.
Bundan bir necha yil oldin brend keng iste’mol bozoriga kirib kelib, o’zining hashamatli sedan, krossover va elektromobillarini taklif qila boshladi.
Hongqi – biznes-klass avtomobili. Bu yuqori maqom va yuqori darajadagi qulaylik. Yevropa va Yaponiya brendlaridan olingan ehtiyot qismlar arzon narxlarda eng yaxshi kombinatsiya holatiga keltirilgan.


2018 yilda Chery ishlab chiqargan avtobrend.
Jetour - Chery avtoxoldingi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi SUV seriyasining modeli hisoblanadi. Bu model Chery kompaniyasining krossoverlar va SUVlar uchun byudjet brendi.
“Jet + tour”, xitoycha "qulaylik + sayohat" degan ma'noni anglatadi, tom ma'noda "qulay sayohat" deb tarjima qilinadi.
Jozibali ko'rinish, keng salon, ko'p qirraligi va katta joy - bularning barchasi JETOUR tomonidan ishlab chiqarilgan modellarning o'ziga xos xususiyatlari. SUV / gibrid / elektromobillarini ham qo’shib hisoblaganda.
Qayd etish joizki, butun Jetour poligoni to‘liq o‘lchamli, yetti o‘rinli, ochiq havoda sayr qilish va tabiat quchog’iga sayohat qilishni afzal ko‘radigan yosh o‘zbekistonlik oila uchun mos yo‘ltanlamas avtomobil.

Bestune – bu Xitoyning FAW avtoxoldingi sho'ba brendi hisoblanadi. Ushbu model ham sedan, ham SUVlar bilan solishtirganda bir qator afzalliklarga ega: uning saloni ancha keng, o’zi esa qulay va hamyonbop. Qisqa qilib aytganda, chinakam shaharbop avtomobil.
Bestune innovatsion dizayn va innovatsion texnik plombalarga ega.
Avtomobilning yuqori klirensi yo'lda har qanday to'siqlarni yengib o'tishga imkon beradi, ham shahar sharoitida, ham yo'ldan tashqarida.
Xitoy avtomobil sanoati jadal rivojlanmoqda va ularning brendlari endi nemis, yapon yoki koreys raqobatchilarinikidan deyarli farq qilmaydi. Yangi va qulay Bestune krossoverini sotib olish o‘zbekistonliklarga xuddi shunga o‘xshash xususiyatlarga ega boshqa mashina sotib olgandan bir necha barobar arzonga tushadi.


Salondan avtomobil sotib olish jarayonini uch bosqichga bo'lish mumkin:
Birinchi bosqich: avtosalon tanlash
Yangi mashinani ishlab chiqaruvchining rasmiy dileridan olgan yaxshiroq. Asoslangan da'vo bo'lsa, ishlab chiqaruvchi iste'molchi yonini oladi va dilerni o'z majburiyatlarini bajarishga majbur qiladi.
Dilerlar ishlab chiqaruvchi bilan munosabatlarda o'z pozitsiyalarini qadrlashadi, shuning uchun uning talablarini so’zsiz bajaradilar.
Ikkinchi bosqich: model tanlash, avtomobil konfiguratsiyasi va shartnoma tuzish
Anchadan buyon mavjud brenddagi mashinani sotib olish xavfsizroq. Katta avtopark va tanlovning mavjudligi dilerning moliyaviy barqaror va ishonchli ekanini ko'rsatadi.
Agar siz hali ham imkoniyatdan foydalanmasdan, "buyurtma bo'yicha" mashina sotib olishni istasangiz, shartnomani diqqat bilan o'qing. Avtomobilning to'liq to'plami unda o’z aksini topgan bo'lishi kerak, yetkazib berish muddati aniq belgilanishi shart.
Uchinchi bosqich: avtomobilni qabul qilish
Dilerlik vakillari sizga avtomobil va jihozlarni to'liq tekshirish imkonini berishlari kerak. Ko'rish va hisoblash mumkin bo'lgan hamma narsa avtomobilni qabul qilish dalolatnomasini imzolashdan oldin avtosalonda tekshirilishi kerak.
VIN, dvigatel raqami, kuzov, markirovka va oynalari hujjatlardagidek bo’lishi kerak.
Avtokredit (1 yildan 5 yilgacha)
Foizsiz muddatli to'lov
Qulay to'lov usuli
Chegirmalarning moslashuvchan tizimi
Faqat pasport
Bozor narxidan past narx
Kafolatli xizmat - 3 yil (100 000 km) yoki 5 yil (150 000 km)
O'zbekiston bo'ylab bepul xizmat ko'rsatish
10 dan ortiq banklar bilan hamkorlik
5000 km gacha bo'lgan masofada yurish qismini mutlaqo bepul ta'mirlash.
Yog' almashtirish, uzatuv qutisini ta'mirlash va diagnostika bepul
Xizmat so'roviga tezkor javob
Mikrodastur (dasturlash) bepul
1 yilga bo’lib to'lash - 70% boshlang’ich to’lov bilan
2 yilga bo'lib to'lash - 50% boshlang’ich to’lov bilan
6 oylik avtokredit - yillik 20%
12 oylik avtokredit - yillik 25%
Yillik 20% - 25% boshlang’ich to'lov bilan avtokredit
Yillik 40% - 24% boshlang’ich to'lov bilan avtokredit
Yillik 50% - 23% boshlang’ich to'lov bilan avtokredit
Zaxirada 1200 ta avtomobil
Haydovchilar uchun test-drayv
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.